Руководство пользователя для Samsung WF1700WRW :: Страница 160 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

28_

 kir yuvish

Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish

Sikllar ulagichini ishlatmasdan kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish mumkin.

1. 

Vodoprovod jo’mragini oching.

2. 

Kir yuvish mashinasini 

Вкл. (yoqish)

 tugmasini bosing.

3. 

Eshikchani oching.

4. 

Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l 

qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5. 

Eshikchani yoping.

6. 

Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish 

vositalarni yuklab qo’ying.

7. 

Kir yuvish haroratini tanlash uchun Температура (Harorat) tugmasini bosing. (холодная 

(Sovuq), 30°C, 40°C, 60°C, 95°C).

8. 

Chayishning talab qilinayotgan siklar sonini tanlash uchun 

Полоскание (Chayish)

 tugmasini 

bosing.

Eng ko’pi bilan beshta chayish sikllari mavjud. 

Kir yuvish davomiyligi tegishli ravishda oshadi.

9. 

Siqish tezligini tanlash uchun 

Отжим (siqish)

 tugmasini bosing. 

Chayishni to’xtatib turish funksiyasi tanlanganda kir yuvish mashinasidan ho’l kirni olish mumkin. 

(   : siqishsiz, barcha indikatorlar o’chirilgan: chayishni to’xtatib turish).

10. 

Qoldirilgan kir yuvishni yakunlash uchun mavjud variantlarni ulab yoqish uchun 

Отложить 

старт (kir yuvish kechiktirish)

 tugmasini bir necha marta bosing (bir soat qadam bilan 3 

soatdan 19 soatgacha). Aks etuvchi vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.

11. 

Kir yuvish siklni ishga tushirish uchun 

Старт/Пауза (start/Pauza)

 tugmasini bosing.

KIR YUVISH BO’YICHA YO’RIQNOMA

Eng yuqori tozalikka va kir yuvishning eng yuqori natijalariga erishish uchun ushbu oddiy yo’riqlarga rioya qiling.

Kir yuvishdan oldin har doim yorliqdagi belgilarga muvofiq matoning parvarishlash xususiyatlarini tekshiring.

Kirni quyidagi mezonlarga muvofiq saralang va yuving.

• 

Parvarishlash bo’yicha yo’riqnoma yorlig’i: kirni paxta, aralash mato, sintetika, shoyi, jun va viskozadan 

tayyorlangan narsalarga saralang.

• 

Rang: rangli narsalarni oq narsalardan ajrating. Yangi rangli narsalarni alohida yuving.

• 

O’lcham: bitta siklga o’lchami bo’yicha turli narsalarni yuklash yanada samarali kir yuvishni ta’minlaydi.

• 

Sezuvchanlik: yangi junli narsalar, pardalar va shoyi matolar uchun “Nozik” kir yuvish siklidan 

foydalanib, nozik matoli narsalarni alohida yuving. Kir yuvish uchun mo’ljallangan narsalarning 

yorlig’idagi belgilariga yoki ilovadagi matoni parvarishlash bo’yicha axborotga qarang.

Cho’ntaklarni tekshirish

Har bir kir yuvishdan oldin cho’ntaklarni bo’shating. Tanga, pichoq, to’g’nagich va qog’oz uchun 

qisqichlar kabi kichikroq, qattiq va usli jasmlar borligi kir yuvish mashinasining shikastlanishiga olib 

kelishi mumkin. Katta to’qali, tugmali yoki boshqa metalldan yasalgan narsali kirlarni yuvmang.
Kiyimdagi metall elementlari kiyimga va bakka zarar yetkazishi mumkin. Tugmachali va kashtali 

kiyimlarni yuvishdan oldin teskarisini ag’daring. Agar kir yuvish vaqtida shim va kurtkalarning 

molniyalari ochiq bo’lsa, ular barabanga, rezina zichlagichiga, eshik oynasiga hamda boshqa 

kiyimlarga zarar yetkazishi mumkin.
Kir yuvishdan oldin molniyalar yopilgan va bog’ich yordamida mahkamlangan bo’lishi kerak.
Uzun bog’ichli kiyim kiyimnig boshqa elementlari bilan chuvalashib ketishi mumkin, bu esa ularga 

zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvishdan oldin bog’ichlar mahkamlanganligini tekshiring.

Paxtadan tayyorlangan narsalarni dastlabki yuvish

Kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalaridan foydalanganda, elektr quvvati, vaqt, 

suv va kir yuvish uchun vositalarni tejab kir yuvishning ajoyib natijalarini ta’minlaydi. Biroq, agar 

paxtadan tayyorlangan narsalar juda ifloslangan bo’lsa, ularni yuvish uchun oqsillar asosidagi kir 

yuvish uchun vositasi bilan dastlabki kir yuvish dasturidan foydalaning.

Yuklash hajmini aniqlash

Kir yuvish mashinasini haddan tashqari yuklamang. Aks holda kir yuvish natijalari qoniqarsiz 

bo’lishi mumkin. Kirning turiga muvofiq yuklash hajmini aniqlash uchun quyida keltirilgan 

jadvaldan foydalaning.

Kir yuvish

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung