Руководство пользователя для Samsung WF1700WRW :: Страница 136 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

4_

 ehtiyotkorlik choralari

Ehtiyotkorlik choralari

Yangi Samsung ActivFresh™ kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan 

tabriklaymiz. Ushbu qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan 

foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. 

Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko’pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to’liq 

darajada foydalana olishingiz uchun ushbu qo’llanmani o’qib chiqqani vaqt toping.

XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA NIMALARNI BILISH KERAK

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda 

boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib chiqing.  Sizga keyinchalik 

kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani mashinaga yaqin 

bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning. 

Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha 

holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda 

siz sog’lom fikr bilan ish ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan 

ta’minlashingiz kerak. 

Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir yuvish 

mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi 

belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, 

sizga eng yaqin bo’lgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan 

tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va 

ramzlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik 

jiddiy jarohat olish yoki o’limga

 olib kelishi mumkin.

.

DIQQAT

!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik 

yengil jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga

 olib kelishi mumkin.

DIQQAT

!

Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini 

kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot 

choralariga amal qiling.

Buni qilishga urinmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga 

ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh.

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun 

bu yerga joylashtirilgan. 

Iltimos, ularga qat’iy amal qiling. 

Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin 

bo’lgan ma’lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing. 

Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy 

xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi 

bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda tegishli qarovni amalga oshiring. 

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung