Инструкция для Samsung WF1700WRW :: Страница 134 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

2_

 yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish 

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni 
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi 
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va 
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

•  “Eco Bubble” texnologiyasi

Yuvish jarayonida Eco Bubble texnologiyasi ko’piklar Generatori harakatlari, oz miqdordagi 
suvni havo va kir yuvish vositalari (kukun, tabletka yoki suyuqlik ko’rinishidagi kir yuvish 
vositalari bilan ishlay oladi) bilan tezkor aralashtirish hisobiga kir yuvish vositalarini anchahgian 
ertaroq va tezroq faollashtiradi.  Shu tufayli barabanda u yerga suvning asosiy porsiyasi 
tushishidan avval ko’pikli yostiqcha hosil bo’ladi va kir yuvish vositalari bilan to’yingan ko’piklar 
matoga oddiy kir yuvish mashinalaridagiga nisbatan tezroq va samaraliroq kiradi, bu esa 
anchagina pastroq haroratlarda toz kir yuvish bilan ta’minlaydi.

•  Intensiv Eco kir yuvish dasturi

Ko’pikli kir yuvish texnologiyasi – bu ayniqsa Intensiv Eco rejimi tanlangan hollarda elektr 
quvvatlarini tejab qolishning yangi samarali usuli.  Agar siz Intensiv Eco dasturini tanlagan 
bo’lsangiz, 15°C haroratga ega bo’lgan sovuq suvda kir yuvish 40°C haroratga ega bo’lgan 
suvdagi oddiy kir yuvishga mos keladi va bunda elektr quvvatlari tejab qolinadi.  Agar siz 
40°C haroratdagi Intensive Eco dasturini tanlasangiz, 60°C haroratli suvda oddiy rejimda kir 
yuvganda olishingiz mumkin bo’lgan kir yuvish sifatiga ega bo’lasiz.  Siz qo’shimcha vaqt 
sarflamagan va unumdorlikni pasaytirmagan holda elektr quvvatlarini tejab qolishingiz mumkin.

•  Ustki kiyimni yuvish dasturi

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga 
olgan holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv 
o’tkazmaydigan kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi.  Eco 
Bubble dasturi tomonidan hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni 
zarbalar va ishqalanishlar tomonidan yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda 
ust kiyimning eng kam darajada eskirishini ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala 
qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

•  Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning 
kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi. 
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar 
terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar 
turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga 
oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza 
ko’rinishiga erishiladi.

•  Wool Certified (Mashina jundan qilingan mahsulotlarni yuvish 

uchun sertifikatga ega) belgisi  

Mashina Woolmark Company kompaniyasi tomonidan jundan qilingan mahsulotlarni 
mashinada yuvishga nisbatan o’rnatilgan talablarga muvofiqligi sinovdan o’tkazilgan va 
tekshirilgan.  Bu belgi orttirilgan sertifikatsiya, ya’ni nafaqat yuvishning bajarilishini, balki jundan 
qilingan matolarning himoya qilinishini ham kafolatlovchi Woolmark kompaniyasining mavjud 
belgisiga nisbatan yaxshiroq belgi hisoblanadi.  Matoni kiyim birkasida ko’rsatilgan Woolmark 
va Samsung kompaniyalari tavsiyalariga muvofiq tarzda yuvish kerak.

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung