Инструкция для Samsung WF1700WRW :: Страница 149 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

kir yuvish mashinasini o’rnatish 

_17

01 kir yuvish mashinasini o’rnatish

3-QADAM
Oyoqlar balandligini rostlash

Kir yuvish mashinasini o’rnatishda ta’minot kabeli, suvni quyish va suvni chiqarish 
shlanglariga oson kirishni ta’minlash kerak.

1. 

Kir yuvish mashinasini o’zingiz tanlagan joyga ko’chiring.

2. 

Rostlanadigan oyoqlar 
uzunligini ko’paytirish yoki 
kamaytirish uchun ularni 
kerakli tomonga barmoqlar 
bilan aylantirib kir yuvish 
mashinasini to’g’rilab 
qo’ying.

3. 

Kir yuvish mashinasi to’g’rilangandan so’ng kir yuvish 
mashinasiga ilova qilingan gayka yordamida mahkamlab 
qo’ying.

4-QADAM
Suvni quyish va suvni chiqarish shlanglarini ulash

Suvni quyish shlangini ulash

1. 

L-simon uchlikka ega sovuq suvni quyish 
shlangini olib mashinaning orqa devoridagi 
sovuq suvni quyishning kiruvchi tirqishiga ulang. 
Birikmani qo’lda tortib qo’ying.

Suvni quyish shlangining bir uchini kir yuvish 
mashinasiga, ikkinchi uchini esa vodoprovod 
jo’mragiga ulash kerak. Suvni quyish shlangini 
cho’zmang. Agar shlang kaltalik qilsa, uni 
yuqori bosimga chidamli uzunroq shlangga 
almashtiring.

2. 

Sovuq suvni quyish shlangining boshqa uchini 
sovuq suvli vodoprovodning jo’mragiga ulang 
va birikmani qo’lda tortib qo’ying. Zarur bo’lsa, 
kir yuvish mashinasida suvni quyish shlangining 
holatini o’zgartirish mumkin. Buning uchun 
birikmani bo’shashtiring, shlangni burang va 
boshqatdan birikmani tortib qo’ying.

Issiq suvni qo’shimcha uzatishga ega bo’lgan ayrim modellar uchun:

1. 

Qizil L-simon uchli issiq suvni quyish shlangini olib mashinaning orqa devoridagi issiq suvni 
quyishning kiruvchi tirqishiga ulang. Birikmani qo’lda tortib qo’ying.

2. 

Issiq suvni quyish shlangining boshqa uchini issiq suvli vodoprovodning jo’mragiga ulang va 
birikmani qo’lda tortib qo’ying.

3. 

Agar faqat sovuq suvni ishlatmoqchi bo’lsangiz, Y-simon troynikdan foydalaning.

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung