Инструкция по эксплуатации для Samsung WF1700WRW :: Страница 135 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari 

_3

•  Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir 
yuvishga erishiladi.

•  Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga 
mos keluvchi Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan 
shug’ullanishingizga imkon beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 
15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

•  “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini 
olishga imkon beradi. 
Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u 
faollashtirilgan hollarda signal beradi.

•  “Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa 
ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish 
qulayligini yanada oshiradi.

•  Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha!  Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar, 
masalan, choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

•  Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va 

elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki 
barobar uzoqroq xizmat qiladi. 
Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi.  Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti 
kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va 
uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining 
bayoni, kir yuvish mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va 
funksiyalardan foydalanish bo’yicha maslahatlarni topasiz. 35-sahifadagi “

nosozliklarni izlash 

va bartaraf qilish va axborot kodlari

” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni 

barataraf qilish bo’yicha maslahatlar keltirilgan.

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung