Инструкция для Samsung WF1700WRW :: Страница 146 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

14_

 kir yuvish mashinasini o’rnatish

Kir yuvish mashinasini o’rnatish

O’RNATISH TALABLARIGA MUVOFIQLIK

Elektr ta’minoti va yerga ulash

Yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohatlar olishning oldini olish uchun elektr tarmog’iga ulash va 
yerga ulash AQSh ning Milliy elektrotexnik me’yorlari va qoidalari, ANSI/FNPA 70 ning so’nggi versiyasi 
va mahalliy qonunchilikka muvofiq bajarilgan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasining foydalanuvchisi 
ushbu qurilmani tegishli elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

Hech qachon uzaytirgichlardan foydalanmang. Faqat kir yuvish mashinasi majmuasiga 
kiruvchi elektr manbaiga ulash kabelidan foydalaning.

O’rnatishga tayyorlashda elektr manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil 
qiling:

• 

elektrik rozetka 220-240V / 50Gts, saqlagich yoki 15 A li avtomatik o’chirg’ich;

• 

Faqat kir yuvish mashinasiga mo’ljallangan alohida tarmoqlangan zanjir.

Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to’g’ri ishlamagan yoki 
ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo’l bilan ta’minlagan 
holda elektr toki urish xavfini kamaytiradi.
Kir yuvish mashinasi quvvat kabeli bilan birga beriladi, quvvat kabelida uch kontaktli vilka va yerga 
tutashtirigch mavjud bo’lib, u muvofiq o’rnatilgan va yerga tutashtirilgan rozetkada foydalanilishi 
lozim.

Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz ta’minlash liniyalari yoki issiq suv 
trubasiga ulamang.

Yerga ulash simining noto’g’ri ulanishi elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to’g’ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo’lmasa, 
maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassisga 
murojaat qiling. Kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini 
o’zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos kelmasa, tegishli rozetkani o’rnatish uchun malakali 
elektrikka murojaat qiling

Suvni quyish

Suv bosimi 50-800 kPa bo’lsa, kir mashinasi ishlayotganda unga suv tegishlicha quyiladi. Suv bosimi 
50 kPa dan past bo’lganda suv klapanining ishida uzilishlar yuz berishi mumkin va ushbu klapan to’liq 
yopilmasligi mumkin. Kir yuvish mashinasini suv bilan to’ldirish uchun boshqaruv tizimida berilgan vaqt 
qiymatiga nisbatan ko’proq vatq talab qilinishi mumkin, bu esa qurilmaning o’chirib qo’yilishiga olib 
keladi (Boshqaruv tizimida kir yuvish mashinasini to’ldirish vaqti uchun cheklanish o’rnatilgan, bu ichki 
shlang bo’shab qolgan hollarda ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishini oldini olishga imkon 
beradi).
Kir yuvish mashinasi bilan berilgan suv bilan ta’minladigan shlanglar kir yuvish mashinasiniga 
ulanishi uchun vodoprovod jo’mraglari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 122 sm 
masofada joylashgan bo’lishi kerak. 

Ko’pchilik santexnika mahsulotlari sotiladigan do’konlarda uzunligi eng ko’pi bilan 305 sm 
gacha bo’lgan turli uzunliklardagi shlanglar sotiladi.
Quyidagi harakatlarni bajarish orqali suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan 
zararlarning vujudga kelish xavfini kamaytirish mumkin:
•  Suv jo’mraglaridan osongina foydalanishni ta’minlash.
•  Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda jo’mraglarni yopib qo’yish.
•  Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish.
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod 
jo’mraglariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini tekshiring.

OGOHLANTIRISH!

OGOHLANTIRISH!

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung