Инструкция для Samsung WF1700WRW :: Страница 158 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

26_

 kir yuvish

Eco Bubble barbotlash tehnologiyasi 

Yuvish jarayinida Eco Bubble texnologiyasi ko’piklar Generatori harakatlari, oz miqdordagi suvni 

havo va kir yuvish vositalari (kukun, tabletka yoki suyuqlik ko’rinishidagi kir yuvish vositalari bilan 

ishlay oladi) bilan tezkor aralashtirish hisobiga kir yuvish vositalarini anchahgian ertaroq va tezroq 

faollashtiradi.  Shu tufayli barabanda u yerga suvning asosiy porsiyasi tushishidan avval ko’pikli 

yostiqcha hosil bo’ladi va kir yuvish vositalari bilan to’yingan ko’piklar matoga oddiy kir yuvish 

mashinalaridagiga nisbatan tezroq va samaraliroq kiradi, bu esa anchagina pastroq haroratlarda 

toz kir yuvish bilan ta’minlaydi.  Sikldagi suv harorati qanchalik past bo’lsa, oddiy kir yuvish 

texnologiyalariga nisbatan Eco Bubble texnologiyasidan foydalanish samaradorligi shunchalik 

ko’proq bo’ladi, bu sovuq suvda kir yuvish sikllaridan yanada kengroq foydalanishga imkon 

beradi va elektr quvvatini tejab qolishga yordam beradi.  Bundan tashqari ushbu texnologiya 

tufayli kir yuvish vositasi sikl boshida butunlay erib ketishi sababli kir yuvish vositalarining 

qoldiqlari to’g’risida qayg’urihsning hojati qolmaydi.

Eco Bubble funksiyasidan barcha kir yuvish dasturlarida foydalanish mumkin va ushbu 

funksiyaning mavjudligi haqidagi malumot quyida berilgan.

kir yuvish dasturi

barbotlash 

funksiyasi 

Eco bubble funksiyasini 

bekor qilish imkoniyati

Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), 

Джинсы (Djins), Постельное белье  

(Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи 

(To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная 

(Kundalik yuvish)

Mavjud

Mavjud

Интенсивная Eco (Intensiv Eco yuvish), 

Верхняя одежда (Ustki kiyimlar), Детские 

(Bolalar buyumlarini yuvish), Шерсть (Jundan 

qilingan buyumlar), Ручная стирка (Qo’lda 

yuvish)

Yo’q

•  Kir yuvish dasturiga bog’liq ravishda Eco Bubble rejimining turli funksiyalaridan 

foydalanish mumkin.
Dastlabki holatda Eco Bubble dasturi yoqilgan bo’ladi. Uni bekor qilish uchun Eco Bubble 

dasturi tugmasini bir marta bosing, ushbu funksiyani yoqish uchun yana shu tugmani 

bosing.

1. 

Eshikchani oching, yuvish uchun bakka kirlarni joylashtiring va eshikchani yoping.

2.  Вкл

.

 (yoqish)

 tugmasini bosing.

3. 

Funksiyani tanlang.

4. 

Yuviladigan kirlarning miqdorini hisobga olgan holda kerakli 

miqdorda kir yuvish vositasi va matolar yumshatgichlarini 

kir yuvish vositalari surilma qutisining tegishli kir yuvish 

vositalari dozatorlariga soling va uni yoping.

• 

Kerakli miqdordagi kir yuvish vositasini kir yuvish 

vositalari dozatoriga  , va chayish vositasini chayish 

vositasi dozatoriga   chayish vositasi chizig’idan (MAX) 

“A”) past darajada soling

• 

Agar Dastlabki yuvish dasturi tanlangan bo’lsa, 

dastlabki yuvish bo’limigaи   bo’limiga ham kir yuvish 

vosiyasini soling .

5. 

Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing.

• 

Kir yuvishni boshlash uchun 

Старт/Пауза (start/Pauza)

 tugmasini bosing.

• 

Kir yuvish mashinasi ishlashni boshlagach siz barbotlash funksiyasini qo’sha yoki tanlay 

olmaysiz.

• 

Berilgan kir yuvish vositasi hajmida yetarli moqdorda ko’piklar hosil bo’ladi.

• 

Belgilangan hajmida solingan kir yuvish vositalar yetarli miqdorda ko’pikni hosil qiladi.

• 

Chiqindi filtrini muntazam ravishda tozalab turing. Doimiy ravishda tozalab turish yetarli 

miqdordagi ko’pikni hosil qilishga yordam beradi.

• 

Kir yuvish vositasi va yuviladigan kirlarga bog’liq ravishda ko’piklar so’rilishi va ular 

kamdek ko’rinishi mumkin.

• 

Ko’piklar kir yuvish boshlanishi bilan hosil bo’lishiga qaramasdan foydalanuvchiga ularni 
ko’rish uchun bir necha daqiqa vaqt talab qilinishi mumkin.

Kir yuvish

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung