Инструкция для Samsung WF0400N2N, WF0408N2N :: Страница 161 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

kir yuvish 

_29

02 
KIR
 YUVISH

Paxtadan tayyorlangan narsalarni dastlabki yuvish

Kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalaridan foydalanganda, elektr quvvati, vaqt, 
suv va kir yuvish uchun vositalarni tejab kir yuvishning ajoyib natijalarini ta’minlaydi. Biroq, agar 
paxtadan tayyorlangan narsalar juda ifloslangan bo’lsa, ularni yuvish uchun oqsillar asosidagi kir 
yuvish uchun vositasi bilan dastlabki kir yuvish dasturidan foydalaning.

Yuklash hajmini aniqlash

Kir yuvish mashinasini haddan tashqari yuklamang. Aks holda kir yuvish natijalari qoniqarsiz 
bo’lishi mumkin. Kirning turiga muvofiq yuklash hajmini aniqlash uchun quyida keltirilgan 
jadvaldan foydalaning.

Mato turi

Yuklash hajmi

Model

WF0400 / WF0408

Хлопок (Paxta) 
- o’rtacha/kam ifloslangan kir 
- kuchli ifloslangan kir

4,0 kg

Синтетика (Sintetika)

2,5 kg

Ручная стирка шерсти (jundan qilingan 
buyumlarni qo’lda yuvish)

1,5 kg

•  Кir bir tekisda yuklanmaganda (displeyda “UE” indikatsiyasi yonadi), kirni qaytadan 

taqsimlab chiqing. Agar kir bir tekisda yuklanmagan bo’lsa, siqish samaradorligi 
pasayishi mumkin. Kiyimlar, yuvish vositasi, suv bilan ta'minlash magistralidagi suvning 
harorati va siqish jarayonida kiyimlarning bir tekis tarqatilishiga qarab, dasturning bajarish 
vaqti o'zgarishi mumkin. 

•  O’rin oqligi yoki par ko’rpalar yuvilganda kir yuvish vaqti oshishi, shuningdek siqish 

samaradorligi pasayishi mumkin.

•  O’rin oqligi yoki par ko’rpalarni yuvish uchun ko’pi bilan 1,8 kg yuklash tavsiya qilinadi.

Byustgalterlarni (mashinada yuvish uchun mo'ljallangan) maxsus qopchalarda yuvish 
lozim (alohida sotib olinadi).

•  Byustgalterlarning metall detallari teshib chiqishi va kirga zarar 

yetkazishi mumkin. Shuning uchun ularni yupqa matoli kirlarni yuvish 
uchun to’r qopchalarga solish kerak.

•  Paypoq, qo’lqop, chulki va dastro’mol kabi mayda va yengil kiyim 

predmetlari eshikda siqilib qolishi mumkin. Shu bois ularni yupqa 
matoli kirlarni yuvish uchun to’r qopchalarga soling.

  O’rin oqlig’ini yuvganda yostiq va ko’rpa jildlariga boshqa narsalar 

kirib qolishi mumkin. Bu kir o’rami hosil bo’lishiga hamda quchli tebranish va kir yuvish 
mashinasi siljinishiga olib kelishi mumkin.

KIR YUVISH VOSITALARI VA QO’SHIMCHALAR TO’G’RISIDA 

MA’LUMOT

Kir yuvish uchun kir yuvish vositalarni ishlatish

Kir yuvish uchun kir yuvish vositalar turi matoning turiga (paxta, sintetika, nozik mato, jun), 
rangiga, kir yuvish haroratiga va ifloslanish darajasiga muvofiq bo’lishi kerak. Har doim avtomatik 
kir yuvish mashinalari uchun ishlab chiqilgan kam ko’pik hosil qiluvchi kir yuvish vositalarni 
ishlating.
Kirning hajmiga, ifloslanish darajasiga va ishlatilayotgan suvning qattiqliligiga asoslanib, kir yuvish 
vositalar ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga rioya qiling. Agarda suvni qattigliga noma’lum bo’lsa, 
suv ta’minoti bilan shug’ullanadigan tashkilotga murojaat qiling.

DIQQAT!

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung