Инструкция по эксплуатации для Samsung WF0400N2N, WF0408N2N :: Страница 141 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

ehtiyotkorlik choralari 

_9

-  Muzlash trubalarning yorilishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashinani gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr transformatorlaridan foydalanmang.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Shikastlangan elektr manbaiga ulash vilkasi, shikastlanagan elektr manbaiga ulash shnuri yoki 
kontaktlari bo’shab qolgan rozetkadan foydalanmang.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin. 

Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang. 
Elektr manbaiga ulash shnurini o’ramang yoki bog’lamang.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Viklani rozetkadan sug’urishda elektr manbaiga ulash shnuridan tortmang.
-  Elektr manbaiga ulash vilkasini vilkadan ushlagan holda rozetkadan sug’uring.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash shnurini ularga qoqolib ketishingiz va yiqilishingiz mumkin bo’lgan joylarga 
o’rnatmang.

O’RNATISHGA OID OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Ushbu mashina elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo’lgan tarzda 
joylashtirilishi kerak.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr tokining chiqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki 

yong’inga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashinani uning og’irligini ko’tara oladigan qattiq, tekis polga o’rnating.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik anomal tebranishlar, mashinaning polda siljib ketishi, shovqin 

chiqishi yoki mahsulot nosozliklariga olib kelishi mumkin.

FOYDALANISHGA OID MUHIM OGOHLANTIRUVCHI 

MA’LUMOTLAR

Agar mashina suv bilan to’lib qolsa, darhol suv va elektr ta’minotini o’chiring va o’zingizga eng 
yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
-  Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Agar ushbu mashina g’alati shovqinli tovushlar, quygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr 
manbaiga ulash vilkasini uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga 
murojaat qiling.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Gaz (masalan, propan, siqilgan gaz va xokazo) oqib chiqqan hollarda elektr manbaiga ulash 
vilkasiga tegmasdan xonani darhol shamollating. Ushbu mashina yoki elektr manbaiga ulash 
shnuriga tegmang.
-  Xech qanday elektr va yoritish jihozlarini yoqmang.

DIQQAT!

OGOHLANTIRISH!

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung