Инструкция для Samsung WF0400N2N, WF0408N2N :: Страница 140 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

8_

 ehtiyotkorlik choralari

FOYDALANISHGA OID MUHIM OGOHLANTIRUVCHI 

MA’LUMOTLAR

Ushbu mashinani o’rnatish malakali texnik yoki xizmat ko’rsatuvchi kompaniya tomonidan 
amalga oshirilishi kerak.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan 

bog’liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og’ir, shuning uchun uni ko’targanda ehtiyot bo’ling.

Elektr shnurini 220 V, 50 Gts, 15 A li o’zgaruvchan tok devor rozetkasiga tiqing va u rozetkadan 
faqat ushbu mashinani elektr tarmog’iga ulash uchungina foydalaning. Bundan tashqari uzatma 
simidan foydalanmang.
-  Elektrik bo'linishlarni (troyniklar) yoki uzaytirgichlarni qo'llash maqsadga muvofiq emas, chunki 

bu elektr tokining urishiga yoki alanga olishiga olib kelishi mumkin. Ta'minot simini uzaytirish 
taqiqlanadi.

-  Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko’rsatilganlari bilan 

bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki 
yong’inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam tiqilgan 
bo’lishi kerak.

Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq latta 
bilan muntazam ravishda tozalab turing.
-  Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin. 

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.
-  Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga elektr manbaiga ulash shnuri qarama-qarshi 

yo’nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr 
toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki 
qadoqlash materiallari ular uchun xavfli bo’lishlari mumkin.
-  Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo’g’ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o’zingizga eng 
yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling. 

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerlashtirilgan bo’lishi kerak. 
Ushbu mashinani gaz ta’minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali 
yerlashtirmang.
-  Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq 

muammolarga olib kelishi mumkin.

-  Nazarda tutilgan holatda yerga tutashtirilmagan rozetkaga elektr shnurini tiqmang. Yerga 

tutashtirish mahalliy va mamlakatda ko’zda tutilgan qoidalarga muvofiq holda amalga 
oshirilganligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar yoki har qanday yonuvchan materiallar yaqiniga o’rnatmang . 
Ushbu mashinani nam, yog’li yoki chang bosgan joylar yoki to’g’ridan-to’g’ri quyosh yoki suv 
(masalan, yomg’ir tomchilari ostiga) ta’siri ostidagi joylarga o’rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o’rnatmang.

ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH!

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung