Инструкция для Samsung WF0400N2N, WF0408N2N :: Страница 143 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

ehtiyotkorlik choralari 

_11

Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko’mib yubora boshlasa, elektr 
manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Mashinadan foydalanmasangiz, ta'minot vilkasini sug'urib qo'ying.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

FOYDALANISHGA OID OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasi kir yuvish kukuni, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan 
ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan 
kir yuvish mashinasini tozalang.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan 

chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta’sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot 
bo’ling.
-  Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Suv quyish to’xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik 
bilan oching. 
Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo’lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.
-  Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi 

yoki suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to’laligicha kir 
yuvish mashinasining ichiga joylashtiring.
-  Mashinani ortiqcha yuklamang.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik uning buzilishi yoki kiyimlarning so'tilishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo’ying.
-  Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil 

qiling. 

-  Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishga olib kelishi 

mumkin.

Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, 
soch va xokazo) yo’qligiga ishonch hosil qiling.
-  Agar eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yonib ketish yoki portlash xavfini kamaytirish uchun:
-  Ma’lum sharoitlarda bunday isitgichlar ikki hafta yoki undan ko’proq muddat davomida 

foydalanilmagan hollarda sizning issiq suv isitgichingiz kabi issiq suvli tizimlarda vodorod 
hosil bo’lishi mumkin. VODOROD – BU PORTLOVCHAN GAZ. Agar issiq suv tizimingizdan 
ikki hafta yoki undan ko’proq muddat foydalanilmagan bo’lsa, kir yuvish mashinasidan 
foydalanishdan avval uyingizdagi barcha issiq suv kranlarini ochib qo’ying va suvni bir necha 
daqiqa oqizib qo’ying. Bu barcha hosil bo’lgan vodorodning chiqib ketishiga imkon beradi. Bu 
vaqt ichida chekish va ochiq ko’rinishdagi olov yoqmaslik kerak, chunki vodorod portlovchan 
gaz hisoblanadi.

DIQQAT!

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung