Руководство пользователя для LG 32LB561V :: Страница 133 из 270
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

7

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR 

 

y

Mahsulotning haddan ziyod qizib ketishining oldini olish uchun quyidagi o’rnatish 

bo’yicha ko’rsatmalarga amal qiling.

 

-  Mahsulot va devor orasidagi masofa kamida 10 sm bo’lishi kerak.

 

-

 Mahsulotni havo aylanmasi yo’q joylarga (masalan, kitob javoni yoki devoriy 

shkafga) o’rnatmang.

 

-  Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.

 

-  Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to’silib qolmaganligiga 

ishonch hosil qiling.

Aks holda bu yong’in chiqishiga olib kelishi mumkin.

 

y

Uzoq vaqt davomida televizor ko’rish vaqtida havo aylanish tirqishlariga tegib 

ketmaslikka e’tibor bering, chunki havo aylanish tirqishlari issiq bo’lishi mumkin. Bu 

mahsulotning ishlashi yoki ishlash samaradorligiga ta’sir ko’rsatmaydi.

 

y

Qurilma shnurini vaqti-vaqti bilan tekshirib boring. Agar unda nosozlik yoki eskilik alomatlari paydo bo’lsa, 

uni rozetkadan uzing, qurilmadan foydalanishni to’xtating va vakolatli texnik xodim yordamida shnurni xuddi 

shunday yangi shnur bilan almashtiring.

 

y

Vilka kontaktlari yoki rozetkada chang to’planishiga yo’l qo’ymang.  

Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

 

y

Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib qo’yish yoki ustidan yurish 

kabi jismoniy yoki mexanik ta’sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va qurilmaga 

shnur ulangan nuqtalarga alohida e’tibor bering.

 

y

Panelni qo’l yoki tirnoq, qalam yoki ruchka kabi o’tkir narsalar bilan qattiq bosmang yoki 

uning ustini tirnamang, chunki bu ekranga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.

 

y

Uzoq vaqt davomida ekranga tegib turish yoki barmog’ingiz/barmoqlaringizni uning 

ustiga qo’yib  turishdan saqlaning. Aks holda bunday qilish ekranning vaqtinchalik yoki 

butunlay buzilishiga yoki tasvirlarning noto’g’ri  namoyishiga olib kelishi mumkin. 

 

y

Mahsulot yoki uning qismlarini tozalaganda avval uni elektr tarmog’idan uzing va 

yumshoq latta bilan arting. Ortiqcha kuch ishlatish tirnalishlarning hosil bo’lishi yoki 

asl rangining yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Suv bilan tozalamang yoki ho’l latta 

bilan artmang. Hech qachon oyna tozalovchilar, avtomobillar uchun yoki sanoatda 

qo’llaniladigan yaltiratuvchilar, abraziv materiallar yoki mum, yoqilg’i, spirt kabilardan 

foydalanmang; bular mahsulot va uning paneliga zarar yetkazishi mumkin. 

Aks holda bu yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki mahsulotga zarar yetishi 

(deformatsiyalanishi, chirishi yoki buzilishi)ga sabab bo’lishi mumkin.

 

y

Ushbu qurilma devordagi o’zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan holda bo’lar ekan, hattoki siz ushbu qurilmani 

YOQISH VA O’CHIRISH MOSLAMASIdan o’chirganingizda ham u quvvat manbaidan uzilmaydi.

 

y

Kabelni rozetkadan uzishda vilkani ushlang va vilkadan tortgan holda uni rozetkadan 

sug’urib oling. Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzish uchun shnurdan 

tortmang, chunki bu xavfli bo’lishi mumkin.

 

y

Mahsulotni siljitishda avval uning o’chirilganligiga ishonch hosil qiling. Keyin elektr 

tarmog’iga ulash kabellari, antenna kabellari va barcha ulovchi kabellarni uzing.  

Televizor yoki quvvat manbaiga ulash shnuriga zarar yetishi mumkin, bu esa yong’in 

chiqishi xavfini vujudga keltirishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Оглавление инструкции

Инструкции для телевизоры LG

Популярные инструкции LG