Инструкция для Samsung WF8500NHW, WF8508NHW-YLP, WF8500NMW9, WF8500NMW8, WF8500NMW :: Страница 134 из 148
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн

Инструкция для Samsung WF8500NHW, WF8508NHW-YLP, WF8500NMW9, WF8500NMW8, WF8500NMW

Инструкция в формате - PDF
Количество страниц - 148 страниц
Размер - 15 МБ
Доступно - Бесплатное скачивание
Доступно - Онлайн чтение
background image

22_

 kir yuvish

Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish

Sikllar ulagichini ishlatmasdan kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish mumkin.

1. 

Vodoprovod jo’mragini oching.

2. 

Kir yuvish mashinasida Yoqish tugmasini bosing.

3.  

Eshikni oching.

4.  

Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari 
yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5.  

Eshikni yoping.

6.  

Tegishli bo’lmalarga kir yuvish vositasi, kir konditsioneri va dastlabki kir yuvish vositalarni 
yuklab qo’ying.

7.  

Kir yuvish haroratini tanlash uchun Harorat tugmasini bosing.

 

(Sovuq, 30°C, 40°C, 60°C, 95°C).

8.  

Chayishning talab qilinayotgan siklar sonini tanlash uchun Chayish tugmasini bosing.

 

Eng ko’pi bilan beshta chayish sikllari mavjud.

 

Kir yuvish davomiyligi tegishli ravishda oshadi.

9.  

Siqish tezligini tanlash uchun Siqish tugmasini bosing.

 

Chayishni to’xtatib turish funksiyasi tanlanganda kir yuvish mashinasidan ho’l kirni olish 
mumkin.  
(  : siqishsiz, barcha indikatorlar o’chirilgan: chayishni to’xtatib turish).

10. 

Qoldirilgan kir yuvishni yakunlash uchun mavjud variantlarni ulab yoqish uchun Qoldirish 
tugmasini bir necha marta bosing (bir soat qadam bilan 3 soatdan 19 soatgacha). Aks 
etuvchi vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.

11. 

Kir yuvish siklni ishga tushirish uchun Start/Pauza tugmasini bosing.

KIR YUVISH BO’YICHA YO’RIQNOMA

Eng yuqori tozalikka va kir yuvishning eng yuqori natijalariga erishish uchun ushbu oddiy yo’riqlarga rioya 
qiling.

Kir yuvishdan oldin har doim yorliqdagi belgilarga muvofiq matoning parvarishlash xususiyatlarini 
tekshiring.

Kirni quyidagi mezonlarga muvofiq saralang va yuving.
• 

Parvarishlash bo’yicha yo’riqnoma yorlig’i: kirni paxta, aralash mato, sintetika, shoyi, jun va 
viskozadan tayyorlangan narsalarga saralang.

• 

Rang: rangli narsalarni oq narsalardan ajrating. Yangi rangli narsalarni alohida yuving.

• 

O’lcham: bitta siklga o’lchami bo’yicha turli narsalarni yuklash yanada samarali kir yuvishni 
ta’minlaydi.

• 

Sezuvchanlik: yangi junli narsalar, pardalar va shoyi matolar uchun “Nozik” kir yuvish siklidan 
foydalanib, nozik matoli narsalarni alohida yuving. Kir yuvish uchun mo’ljallangan narsalarning 
yorlig’idagi belgilariga yoki ilovadagi matoni parvarishlash bo’yicha axborotga qarang.

Cho’ntaklarni tekshirish
Har bir kir yuvishdan oldin cho’ntaklarni bo’shating. Tanga, pichoq, to’g’nagich va qog’oz uchun 
qisqichlar kabi kichikroq, qattiq va usli jasmlar borligi kir yuvish mashinasining shikastlanishiga olib kelishi 
mumkin. Katta to’qali, tugmali yoki boshqa metalldan yasalgan narsali kirlarni yuvmang.
Kiyimdagi metall elementlari kiyimga va bakka zarar yetkazishi mumkin. Tugmachali va kashtali kiyimlarni 
yuvishdan oldin teskarisini ag’daring. Agar kir yuvish vaqtida shim va kurtkalarning molniyalari ochiq 
bo’lsa, ular barabanga, rezina zichlagichiga, eshik oynasiga hamda boshqa kiyimlarga zarar yetkazishi 
mumkin.
Kir yuvishdan oldin molniyalar yopilgan va bog’ich yordamida mahkamlangan bo’lishi kerak. Uzun 
bog’ichli kiyim kiyimnig boshqa elementlari bilan chuvalashib ketishi mumkin, bu esa ularga zarar 
yetkazilishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvishdan oldin bog’ichlar mahkamlanganligini tekshiring.

Kir yuvish

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung