Руководство пользователя для Samsung WF8500NHW, WF8508NHW-YLP, WF8500NMW9, WF8500NMW8, WF8500NMW :: Страница 118 из 148
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн

Инструкция для Samsung WF8500NHW, WF8508NHW-YLP, WF8500NMW9, WF8500NMW8, WF8500NMW

Инструкция в формате - PDF
Количество страниц - 148 страниц
Размер - 15 МБ
Доступно - Бесплатное скачивание
Доступно - Онлайн чтение
background image

6_

 Ehtiyot choralari

Ushbu qurilma faqat uy (maishiy) sharitida foydalanish uchun mo’ljallangan.

Vodoprovodga va elektr tarmog’iga ulash ishlari malakali mutaxassis tomonidan 
foydalanuvchi qo’llanmasi (“Kir yuvish mashinasini o’rnatish” bo’limiga qarang) va mahalliy 
qonunlarda ko’zda tutilgan texnika xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq bajarilishi kerak.

Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko’rsatishga kirishishdan avval uni 
elektr tarmog’idan uzib qo’ying.

Foydalanilgandan so’ng albatta qurilmani elektr tarmog’idan uzib qo’ying va suv jo’mragini 
yoping.

Yuvish uchun mo’ljallangan kiyimlarning cho’ntaklari bo’sh bo’lishi kerak. 

Tangalar, to’g’nag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish 
mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 

Hech qachon uy hayvonlari va bolalarning qurilmani yoki uning ichida o’ynashlariga yo’l 
qo’ymang. Bu jarohat olishga sabab bo’lishi yoki o’limga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish sikli vaqtida shisha eshik kuchli darajada qiziydi. Kir yuvish vaqtida shisha eshikka 
tegmang. 

Qurilmani o’zingizcha ta’mirlashga urinmang. Tajribasiz yoki malakasiz mutaxassis 
tomonidan bajarilgan ta’mirlash jarohat olishga sabab bo’lishi yoki yanada jiddiyroq 
ta’mirlash xizmati ko’rsatilishi zaruratiga olib kelishi mumkin. 

Agar vilka (elektr manbaiga ulash kabeli) zararlangan bo’lsa, xavfsizlikni ta’minlash 
maqsadida u ishlab chiqaruvchi firma vakili yoki xizmat ko’rsatish markazi xodimi tomonidan 
shunga o’xshash vilka bilan almashtirlishi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasiga texnik xizmat ko’rsatish faqat vakolatli xizmat ko’rsatish 
markazida va faqat haqiqiy ehtiyot qismlardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.

Bolalarning (yoki uy hayvonlarining) qurilmani yoki uning ichida o’ynashlariga yo’l qo’ymang. 
Kir yuvish mashinasini eshigini ichkaridan ochilishi qiyin, shuning uchun bolalar kir yuvish 
mashinasining ichida qamalib qolgan hollarida jiddiy jarohat olishlari mumkin. 

Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish 
to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, 
bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari 
cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. 
Bolalar ushbu kir yuvish mashinasini o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat 
ko’rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak. 

Ushbu kir yuvish mashinasidan xavfsiz tarzda foydalanish uchun foydalanuvchi qurilmadan 
foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar bilan tanishib chiqishi va undan foydalanish vaqtida 
ehtiyot choralariga amal qilishi kerak.

Ushbu qurilmani shunday o’rnatish kerakki, elektr manbaiga ulash kabeli vilkasi, suvni 
quyish shlangi va suv chiqarish trubalaridan erkin foydalanish imkoni bo’lsin.

Qadoqlash materiallari bolalar uchun xavfli bo’lishi mumkin; barcha qadoqlash materiallarini 
(plastik paketlar, penoplast va xok.) bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang.

Tarkibida yog’, krem yoki loson mavjud bo’lgan suvdan foydalanmang.
•  Ushbu talabni bajarmaslik zichlovchilarning deformatsiyalanishiga olib kelishi mumkin, bu 

esa o’z navbatida qurtilma ishidagi uzilishlarga yoki suvning oqib ketishiga olib keladi.

Ehtiyot choralari

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung