Инструкция по эксплуатации для Samsung WF8500NHW, WF8508NHW-YLP, WF8500NMW9, WF8500NMW8, WF8500NMW :: Страница 117 из 148
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн

Инструкция для Samsung WF8500NHW, WF8508NHW-YLP, WF8500NMW9, WF8500NMW8, WF8500NMW

Инструкция в формате - PDF
Количество страниц - 148 страниц
Размер - 15 МБ
Доступно - Бесплатное скачивание
Доступно - Онлайн чтение
background image

Ehtiyot choralari 

_5

Kir yuvish mashinasi tegishli tartibda yerga ulangan bo’lishi lozim. Uni hech qachon yerga 
ulanmagan rozetkaga ulamang.

Yong’in chiqish yoki portlash xavfini oldini olish uchun quyidagi ehtiyot choralariga amal 
qiling.
•  Benzin, quruq kimyoviy tozalash uchun erituvchilar yoki boshqa yonuvchan yoki 

portlovchan moddalar bilan yuvilgan, xo’llangan yoki qayta ishlangan kirlarni yuvmang. 
Ular yonib ketishi yoki portlashi mumkin bo’lgan bug’lar ajratadilar. Kimyoviy tozalash 
uchun erituvchi, boshqa yonuvshan suyuqliklar yoki quruq moddalar ta’siriga uchragan 
kirni kir yuvish mashinasiga solishdan avval uni qo’lda chayib oling. Bunday suyuqliklar, 
quruq moddalar va gazlarning barcha izlari ketganligiga ishonch hosil qiling. Xavfli 
moddalarga quyidagilar kiradi: atseton, denaturlashgan spirt, benzin, kerosin, ayrim 
suyuq maishiy tozalash vositalari va dog’larni ketkazuvchi vositalar, skipidar, mum va 
mumni ketkazish vositalari.

•  Kir yuvish mashinasiga benzin, quruq kimyoviy tozalash uchun erituvchilar yoki boshqa 

yonuvchan yoki portlovchan moddalarni qo’shmang.

•  Ma’lum sharoitlarda ikki hafta yoki undan ko’proq vaqtdan beri foydalanilmayotgan 

issiq suv ta’minoti (masalan, isitish batareyasi) tizimi vodorod ishlab chiqarishi mumkin. 
VODOROD PORTLASH XAVFINI KELTIRIB CHIQARADI. Agar issiq suv ta’minoti 
tizimidan ikki hafta yoki undan ko’proq vaqtdan beri foydalanilmagan bo’lsa, kir yuvish 
mashinasidan foydalanishdan avval barcha issiq suv jo’mraglari ochib qo’yilishi va bir 
necha daqiqa vaqt davomida suvni oqizish kerak. Bu vodorod to’planishini bartaraf 
qiladi. Vodorod yonuvcham modda bo’lganligi uchun bir necha daqiqa davomida 
chekmang yoki gaz plitasini yoqmang.

Gaz chiqib ketgan hollarda darhol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga 
tegmang.

Kir yuvish mashinasiga texnik xizmat ko’rsatishdan avval kabelni rozetkadan uzing.

Yuvilishdan avval kiyimlarning cho’ntaklaridan begona narsalarni olib tashlang. Tangalar, 
to’g’nag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish 
mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Katta to’qalari, tugmalari yoki 
boshqa og’ir metall buyumlari mavjud bo’lgan kiyimlarni yuvmang. Suv to’laligicha chiqarib 
yuborilmagan bo’lsa, kir yuvish mashinasi eshigini ochmang. Mashinaning eshikchani 
ochishdan avval suvning to’kib yuborilganligiga ishonch hosil qiling.

Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlamang, qismlarini almashtirmang va texnik xizmat 
ko’rsatish ishlarini bajarmang. Sertifikatga ega bo’lmagan mutaxassislar tomonidan bunday 
ishlarning bajarilishi kafolatning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini yangi shlanglar majmuasidan foydalangan holda vodoprovodga 
ulang. Eski shlanglar majmuasidan foydalanmang.

Suv chiqarish shlanglari vatq o’tishi bilan eskiradi. Shlanglarda bo’rtiqlar, tugunlar, kesilgan 
joylar, eskirish izlari va suv oqishlarining mavjudligini muntazam tekshirib turing, zarur 
bo’lgan hollarda va kamida besh yilda bir marta ularni almashtiring.

Kir yuvish mashinasidan foydalanishdan avval barcha qadoqalsh materiallari va tashish 
boltlari olib qo’yilishi kerak. Agar ular olib qo’yilmasa, bu jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi 
mumkin. 12-betdagi “Tashish boltlarini bo’shatib olish” bo’limiga qarang.

Birinchi kir yuvishdan avval kir solmasdan turib kir yuvishning to’liq siklini ishga tushirish 
kerak. “Birinchi kir yuvish” bo’limiga qarang.

ВНИМАНИЕ

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung