Инструкция по эксплуатации для Samsung WF702U2BBWQ, WF602U2BKSD, WF602U2BKWQ :: Страница 141 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн

Инструкция для Samsung WF702U2BBWQ, WF602U2BKSD, WF602U2BKWQ

Инструкция в формате - PDF
Количество страниц - 176 страниц
Размер - 21 МБ
Доступно - Бесплатное скачивание
Доступно - Онлайн чтение
background image

ehtiyotkorlik choralari 

_9

FOYDALANISHGA OID OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasi kir yuvish kukuni, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan 
hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish 
mashinasini tozalang. 

-  Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi 

yoki zanglashga olib kelishi mumkin. 

Kuchli zarba ta’sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo’ling. 
-  Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin. 

Suv quyish to’xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan 
oching. 

Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo’lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching. 

-  Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki 

suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. 

Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtiga suv chiqishi xatoligi sodir bo’lsa, suv chiqarish tizimi bilan 
bog’liq muammoning mavjudligini tekshiring. 

-  Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga ko’milgan holda 

foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin. 

Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to’laligicha kir 
yuvish mashinasining ichiga joylashtiring. 

-  Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan 

chiqishi yoki suvning chiqib ketishi sodir bo’lishi mumkin. 

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo’ying. 
-  Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va 
xokazo) yo’qligiga ishonch hosil qiling. 
-  Agar eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. 

Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam 
biriktirilganligi va suvning oqib chiqmasligini tekshiring. 

-  Agar suv quyish shlangi ulovchisi vintlari bo’shab qolgan bo’lsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab 

bo’lishi mumkin. 

Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo’ljallangan. 

Kir yuvish mashinasidan biznes maqsadlarida foydalanish mashinadan noto’g’ri foydalanish sifatida 
malakalanadi. 

Bunday hollarda kir yuvish mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat 
qo’llanilmaydi va bunday noto’g’ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun 
javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo’lmaydi.

DIQQAT!

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung