Инструкция по эксплуатации для Samsung WF702U2BBWQ, WF602U2BKSD, WF602U2BKWQ :: Страница 138 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн

Инструкция для Samsung WF702U2BBWQ, WF602U2BKSD, WF602U2BKWQ

Инструкция в формате - PDF
Количество страниц - 176 страниц
Размер - 21 МБ
Доступно - Бесплатное скачивание
Доступно - Онлайн чтение
background image

6_

 ehtiyotkorlik choralari

O’RNATISHGA OID MUHIM OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Ushbu mashinani o’rnatish malakali texnik yoki sizmat ko’rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga 
oshirilishi kerak.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq 

muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og’ir, shuning uchun uni ko’targanda ehtiyot bo’ling.

Elektr tarmog’iga ulash shnurini 220-240 V / 50 Gz li devor rozetkasiga ulang va bu rozetkadan faqat 
ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Bundan tashqari uzatma simidan foydalanmang.
-  Uchtalik yoki uzaytma sizdan foydalanagan holda rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki 

urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin. 

-  Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko’rsatilganlari bilan bir xil 

ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib 
kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam tiqilgan bo’lishi kerak.

Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq latta bilan 
muntazam ravishda tozalab turing.
-  Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting. 
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.
-  Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga elektr manbaiga ulash shnuri qarama-qarshi 

yo’nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr toki 
urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki qadoqlash 
materiallari ular uchun xavfli bo’lishlari mumkin.
-  Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo’g’ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o’zingizga eng yaqin 
joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerlashtirilgan bo’lishi kerak. 
Ushbu mashinani gaz ta’minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali 
yerlashtirmang.
-  Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq 

muammolarga olib kelishi mumkin.

-  Hech qachon elektr manbaiga ulash vilkasini tegishli ravishda yerlashtirilmagan rozetkaga ulamang 

va yerlashtirishning mahalliy va milliy tartiblarga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar yoki har qanday yonuvchan materiallar yaqiniga o’rnatmang . 
Ushbu mashinani nam, yog’li yoki chang bosgan joylar yoki to’g’ridan-to’g’ri quyosh yoki suv (masalan, 
yomg’ir tomchilari ostiga) ta’siri ostidagi joylarga o’rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o’rnatmang.
-   Muzlash trubalarning yorilishiga olib kelishi mumkin.

Ehtiyotkorlik choralari

OGOHLANTIRISH

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung