Руководство пользователя для Samsung WF6RF4E2W0W, WW90J6410CW, WF80F5E2W4W-LP, WF60F4ECW2W, WF60F4E2W2W-LP :: Страница 136 из 172
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн

Инструкция для Samsung WF6RF4E2W0W, WW90J6410CW, WF80F5E2W4W-LP, WF60F4ECW2W, WF60F4E2W2W-LP

Инструкция в формате - PDF
Количество страниц - 172 страницы
Размер - 36 МБ
Доступно - Бесплатное скачивание
Доступно - Онлайн чтение
background image

O’zbek - 8

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini sug'urish orqali mashinani o'chirmang.
• 

Elektr manbaiga ulash vilkasini yana rozetkaga ulash uchqun chiqishiga sabab bo'lishi va elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi 
mumkin.

Bolalarga yoki quvvatsiz kishilarga kir yuvish mashinasidan nazoratsiz foydalanishlariga yo'l qo'ymang. Bolalarning mashina ustiga 
chiqishlariga yo'l qo'ymang.
• 

Bu elektr toki urishi, kuyish yoki jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo'llaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang.
• 

Bu jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda rozetkadan uzmang. Har doim vilkani mahkam ushlang va uni 
to'g'ridan-to'g'ri rozetkadan sug'urib oling.
• 

Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong'in va/yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini o'zingizcha ta'mirlash, qismlarga ajratish yoki o'zgartirishga urinmang.
• 

Standart shakldagi predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis qo'yilma, po'lat sim va hokaso) 
foydalanmang.

• 

Kir yuvish mashinasini ta'mirlash yoki qaytadan o'rnatish kerak bo'lgan hollarda o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish 
markaziga murojaat qiling.

• 

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki shikastlanishga 
olib kelishi mumkin.

Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko'mib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing.
• 

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanilmaslik yoki momaqaldiroq yoki chaqmoq bo'layotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini 
rozetkadan uzib qo'ying.
• 

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum kirib qolgan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va o'zingizga eng yaqin 
joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
• 

Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

 DIQQAT: Foydalanishga oid OGOHLANTIRUVCHI MA'LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini 
rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.
• 

Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi 
mumkin.

Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo'ling.
• 

Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan oching.
Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo'lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.
• 

Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib chiqishiga sabab 
bo'lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtiga suv chiqishi xatoligi sodir bo'lsa, suv chiqarish tizimi bilan bog'liq muammoning mavjudligini 
tekshiring.
• 

Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga ko'milgan holda foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki 
yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to'laligicha kir yuvish mashinasining ichiga joylashtiring.
• 

Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki suvning chiqib ketishi 
sodir bo'lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo'ying.
Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
• 

Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.

Untitled-4   8

2014-05-26     3:24:00

Оглавление инструкции

Инструкции для стиральные машины Samsung

Популярные инструкции Samsung