Инструкция по эксплуатации для Samsung MC28H5013AW :: Страница 141 из 176
Service-Instruction.ru
инструкции pdf и руководства пользователя читать онлайн
background image

O'zbekcha - 9

01  

x

A

vf

SI

z

LI

k b
O

’y

Ic

HA
 m

A’L

um
O

TLAR

Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini 

rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begon buyumlarni qo'ymang. Agar 

qurilma ichiga suv yoki boshqa begona modda kirib qolgan 

bo'lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va o'zingizga eng 

yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki urmang.

Pechni sinuvchan buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki 

shisha buyumlar ustiga qo'ymang.
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug'tozalagich 

yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining 

qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing. 

Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik, uzaytirgich yoki 

transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, 

uni buyumlar orasiga qo'ymang va pechning orqasi orqali 

o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr 

manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr 

manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda o'zingizga eng yaqin 

joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.

Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni 

qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni 

sepmang.

Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt 

bo'lgan taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, 

chunki spirt bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib ketishi 

mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga 

yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga 

urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.

OgOhlaNTIrIsh:

 Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish 

sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning 

uchun bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar 

bilan muomala qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak; Bunday 

holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga imkon 

berish maqsadida pech o'chganidan keyin DOIMO kamida 20 

soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va 

isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.

Kuyish sodir bo'lganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish bo'yicha 

quyidagi harakatlarni bajaring:

•  Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
•  Unga toza quruq lattani bog'lang.
•  Hech qanday kremlar, moylar yoki los'onlar surtmang.

Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis yoki taglikni 

suvga solmang, chunki bu patnis yoki taglikning shikastlanishiga olib 

kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish uchun foydalanmang, 

chunki yog' haroratini boshqarib bo'lmay qolishi mumkin.

Bu qaynoq suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

 

dIQQaT

Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan 

foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush 

qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan 

FOYDALANMANG.

O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.

Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning 

shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-01_UZ.indd   9

2013-12-10   �� 1:15:04

Оглавление инструкции

Инструкции для микроволновые печи Samsung

Популярные инструкции Samsung